«dori vositalari» tegli maqolalar


Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarida noqonuniy dori savdosi bilan shug‘ullanganlar qo‘lga olindi
9 aprel 2024, 11:03

Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarida noqonuniy dori savdosi bilan shug‘ullanganlar qo‘lga olindi

DXX Qashqadaryo viloyatida davlat ro‘yxatidan o‘tmagan 3,7 mingta dorini 54 mln so‘mga sotgan ayol va uning tanishini qo‘lga oldi. Sirdaryoda esa uyida 593 mln so‘mlik 49 mingta flakondagi hujjatsiz dorini saqlagan fuqaro va dorining egalari ushlandi. Holatlar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Farg‘onada salkam 6 ming sifatsiz dorini Namangandagi dorixonalarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
13 mart 2024, 12:34

Farg‘onada salkam 6 ming sifatsiz dorini Namangandagi dorixonalarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi

Qo‘qon shahrida fuqaro 121 mln so‘mlik salkam 6 ming dona sifatsiz dori vositasini Namangandagi dorixonalariga sotib yubormoqchi bo‘lganda qo‘lga olindi.

O‘zbekistonda taqiqlangan ozdiruvchi mahsulotlar ro‘yxati e’lon qilindi
11 mart 2024, 15:55

O‘zbekistonda taqiqlangan ozdiruvchi mahsulotlar ro‘yxati e’lon qilindi

“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi O‘zbekistonda taqiqlangan ozdiruvchi mahsulotlar ro‘yxatini e’lon qildi. Ularda kuchli ta’sir qiluvchi sibutramin moddasi mavjudligi aniqlangan.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirganlar sotib olganda QQS qaytariladigan tovarlar ro‘yxati kengaydi
10 yanvar 2024, 17:30

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirganlar sotib olganda QQS qaytariladigan tovarlar ro‘yxati kengaydi

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslarning xaridlari uchun QQS qaytarib beriladigan tovarlar ro‘yxatiga un, shakar, dori vositalari va tibbiy xizmatlar ham kiritildi.

O‘zbekistonda onkologik kasalliklarni davolovchi dorilar ishlab chiqariladi
19 yanvar 2023, 10:15

O‘zbekistonda onkologik kasalliklarni davolovchi dorilar ishlab chiqariladi

O‘zbekistonda Singapur kompaniyasi hamkorligida umumiy qiymati 49 million dollarga teng farmatsevtika korxonasi ochiladi. Unda immunobiologik preparatlar va onkologik kasalliklarni davolovchi dori vositalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

«Dok-1 Maks» dorisi tarkibida zaharli modda — etilenglikol topildi
27 dekabr 2022, 10:56

«Dok-1 Maks» dorisi tarkibida zaharli modda — etilenglikol topildi

SSV 18 nafar bola «Dok-1 Maks» siropini ichib vafot etganini tasdiqladi. Aniqlanishicha, dori shifokor retseptisiz, mustaqil yoki farmatsevt tavsiyasi bilan sotib olingan va me’yordan ortiq dozada qabul qilingan. Holat o‘rganilgach, yetti nafar mas’ul ishdan olindi. Dori savdosi esa to‘xtatildi.

«Dok-1 Maks» dori vositasini sotish to‘xtatildi
22 dekabr 2022, 20:02

«Dok-1 Maks» dori vositasini sotish to‘xtatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida 2 oy ichida «Dok-1 Maks» (Hindiston) tabletkalari va siropini ichgan 21 nafar bolada asoratlar yuzaga kelgani, 15 nafar bola vafot etgani haqida xabar paydo bo‘ldi. Dori savdosi to‘xtatildi, tergov boshlandi.

Retseptsiz beriladigan dorilar ro‘yxatini SSV tomonidan tasdiqlash bekor qilinadi
27 oktabr 2022, 10:14

Retseptsiz beriladigan dorilar ro‘yxatini SSV tomonidan tasdiqlash bekor qilinadi

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan retseptsiz beriladigan dorilar ro‘yxatini tasdiqlash va dori moddalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bekor qilinadi. Farmatsevtika mahsulotlari hisobi va nazorati axborot tizimi joriy etiladi.

Dori vositalarining klinik tadqiqotlarini rivojlantirish markazi tashkil etildi
19 aprel 2022, 15:06

Dori vositalarining klinik tadqiqotlarini rivojlantirish markazi tashkil etildi

«Tashkent Pharma Park» farmatsevtika klasteri hududida Dori vositalarining klinik tadqiqotlarini rivojlantirish markazi tashkil etildi. Markazga tibbiy, klinik va laboratoriya jihozlarini xarid qilish uchun bilan ta’minlash Koreya Eksimbanki jamg‘armasi kreditlari yo‘naltiriladi.

Jahondagi vaziyat tufayli aholiga zarur 150 turdagi dori vositalarida uzilish bo‘lishi xavfi mavjud
12 aprel 2022, 17:57

Jahondagi vaziyat tufayli aholiga zarur 150 turdagi dori vositalarida uzilish bo‘lishi xavfi mavjud

O‘zbekistonda tashqi omillar hisobiga 150 turdagi aholi uchun zarur dori vositalarida uzilish bo‘lishi xavfi mavjud, qalbaki va kontrafakt dorilar sotilishiga haligacha barham berilgani yo‘q, amaliyotda 15 foizlik narx preferensiyasi ishlamaydi. Shu va boshqa 50 ga yaqin muammoga yechim topilmagani prezident ishtirokidagi yig‘ilishda tanqid qilindi.

Sirdaryoda kuchli ta’sir qiluvchi “Tropikamid” preparatini noqonuniy sotayotgan shaxslar ushlandi
12 iyul 2021, 18:05

Sirdaryoda kuchli ta’sir qiluvchi “Tropikamid” preparatini noqonuniy sotayotgan shaxslar ushlandi

Sirdaryo viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi “Tropikamid” dori vositasini 12 mln so‘mga noqonuniy sotayotgan shaxslar ushlandi.

Toshkent va Yangiyo‘lda $20 ming hamda 148 mln so‘mga noqonuniy tarzda dori sotayotganlar ushlandi
12 mart 2021, 18:08

Toshkent va Yangiyo‘lda $20 ming hamda 148 mln so‘mga noqonuniy tarzda dori sotayotganlar ushlandi

Toshkent va Yangiyo‘l tumanlarida $20 ming va qariyb 149 mln so‘mga noqonuniy tarzda dori sotayotganlar qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting